Bugun 22 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Ukrainadagi vaziyat yana BMT Xavfsizlik kengashi kun tartibida

Ukrainadagi vaziyat yana BMT Xavfsizlik kengashi kun tartibida

BMT Xavfsizlik kengashida Ukrainadagi vaziyat yuzasidan navbatdagi muhokama o‘tkaziladi. Yig‘ilish 24 avgust kuniga belgilangan bo‘lib, uni chaqirish tashabbusi kengash tarkibidagi Yevropa davlatlari tomonidan ilgari surilgan.

BMTning rasmiy taqvimiga ko‘ra, majlis kun tartibidan «Ukrainada tinchlik va xavfsizlikni saqlash» masalasi o‘rin olgan. Muhokama Nyu-York vaqti bilan soat 15:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Daniyaning BMTdagi missiyasi RIA Novostiga ma’lum qilishicha, Ukraina bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazishni Xavfsizlik kengashining yevropalik besh a’zosi so‘ragan.

E’tiborlisi, muhokama 24 avgust — Ukraina Mustaqillik kuniga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 22:56 21.08.2026. O'qildi: 321 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!