Bugun 21 avgust, 2026 yil, juma

КИР

Toni Kroos «Oltin to‘p-2026»ni kim yutishini aytdi

Toni Kroos «Oltin to‘p-2026»ni kim yutishini aytdi

Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos «Oltin to‘p» sovrini uchun o‘z favoritini ma’lum qildi. Uning fikricha, «PSJ» vingeri Xvicha Kvarasxeliya ushbu nufuzli mukofotga eng munosib futbolchi.

Kroos gruziyalik futbolchini boshqa da’vogarlardan ustun qo‘ydi va uni ayni paytda dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblashini ta’kidladi.

«Oltin to‘p» sohibi Xvicha Kvarasxeliya bo‘lishi kerak! Men uchun u so‘zsiz birinchi raqam.

Jahon chempionatida ishtirok etgan to‘rt futbolchi — Messi, Bellingem, Mbappe va Rodri — o‘z klublarida o‘rtamiyona mavsum o‘tkazdi. Kvarasxeliya esa eng yaxshi futbolchi. Shu bilan birga, u o‘tgan mavsumda ham, hozir ham dunyoning eng yaxshi klubi safida to‘p tepmoqda», — deb yozdi Kroos ijtimoiy tarmoqda.

2026 yilgi «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 09:54. O'qildi: 1323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!