Bugun 21 avgust, 2026 yil, juma

КИР

Superligada bugun 18-tur yakunlanadi: «Navbahor» — «Nasaf» va «Paxtakor» — «Surxon»

Superligada bugun 18-tur yakunlanadi: «Navbahor» — «Nasaf» va «Paxtakor» — «Surxon»

O‘zbekiston Superligasida 21 avgust, juma kuni 18-tur uchrashuvlariga yakun yasaladi. Turning so‘nggi kunida ikki bellashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Dastlab Namanganda «Navbahor» o‘z maydonida Qarshining «Nasaf» klubini qabul qiladi. PFL taqvimiga ko‘ra, mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.

Kunning ikkinchi bahsida esa «Paxtakor» «Surxon»ga qarshi maydonga tushadi. Toshkentliklar ishtirokidagi bellashuv soat 20:00 da start olishi belgilangan.

18-tur 18 avgust kuni «Buxoro» — «Neftchi» uchrashuvi bilan boshlangan edi. Keyingi kunlarda «Mash’al» — «Andijon», OKMK — «Dinamo», «Bunyodkor» — «Qo‘qon-1912» hamda «Xorazm» — «Lokomotiv» bahslari o‘tkazildi.

Ayniqsa, «Navbahor» — «Nasaf» uchrashuvi turning markaziy bahslaridan biri sifatida e’tibor markazida bo‘lishi kutilmoqda. Qarshiliklar 17-turda o‘z maydonida «Paxtakor»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

Bugungi ikki uchrashuvdan so‘ng Superligada 18-tur to‘liq yakunlanadi. 19-tur esa 22 avgust kuni «Neftchi» — «So‘g‘diyona» bahsi bilan start oladi.

Superligada bugun 18-tur yakunlanadi: «Navbahor» — «Nasaf» va «Paxtakor» — «Surxon»

Superligada bugun 18-tur yakunlanadi: «Navbahor» — «Nasaf» va «Paxtakor» — «Surxon»

Kiritildi: Bugun 09:35. O'qildi: 831 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!