Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Ukrainadagi urushni to‘xtatish uchun Rossiyaga beriladigan 10 kunlik muhlat bugundan boshlanadi — Tramp

Ukrainadagi urushni to‘xtatish uchun Rossiyaga beriladigan 10 kunlik muhlat  bugundan boshlanadi — Tramp

"Rossiyaga Ukrainadagi urushni tugatishi uchun beriladigan 10 kunlik muhlat bugundan boshlanadi. Putin urush davom etishini xohlashi mumkin. Ammo biz bojlarni joriy qilamiz. Bu ularga ta’sir qilishi ham, qilmasligi ham mumkin", — dedi AQSh prezidenti 29 iyul kuni Shotlandiyadan uchib ketishidan oldin Air Force One samolyoti bortida.

Donald Trampning boshqa bayonotlari:

◾️ Ukrainadagi urush uzoq vaqydan beri davom etmoqda, biroq uni osonlikcha barham berish mumkin edi;

◾️ Rossiyaning savdo hamkorlariga nisbatan bojlar joriy etilishi global energetika sektoriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan xavotirlanganim yo‘q;

◾️ Agar Rossiya va uning savdo hamkorlariga qarshi bojlar joriy etilganda global energetika bozorida muammolar yuzaga kelsa, AQSh neft qazib olish hajmini oshiradi. Mamlakatimizda juda ko‘p neft bor;

◾️ Men Ukraina mojarosiga barham berish bo‘yicha o‘z takliflarim yuzasidan Putindan hech qanday javob olmadim, bu achinarli holat;

◾️ Xitoy rahbari Si Jinpin bilan uchrashuvimizni intiqlik bilan kutyapman, bu joriy yilning oxirigacha bo‘lib o‘tishi mumkinligini.

Kiritildi: 12:43 30.07.2025. O'qildi: 937 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!