Turkiya Ukrainada shartsiz o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi va uning bajarilishini kuzatish missiyasining bir qismini bajarishga tayyor.
Bu haqda Turkiya TIV rahbari Hoqon Fidan Ukraina bo‘yicha "qat’iyatlilar koalisiyasi" yig‘ilishi ishtirokchilariga onlayn murojaatida ma’lum qildi.
"Fidan Turkiyaning Ukraina hududiy yaxlitligi va suverenitetiga sodiqligini, o‘t ochishni so‘zsiz to‘xtatishni ta’minlash va bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Uning qayd etishicha, agar o‘t ochishni to‘xtatish rejimi ta’minlansa, Turkiya unga rioya etilishini kuzatish bo‘yicha missiyaning o‘z qismini bajarishga tayyor," - deya ma’lum qildi Turkiya TIVdagi manbalar.