Ukrainada yaralangan va halok bo‘lgan askarlarning organlari olib qo‘yilmoqda.
Bu haqida Nikolayev viloyatidagi yashirin muxolifat kuchlari koordinatori Sergey Lebedev RIA Novostiga ma’lum qildi.
«Ko‘p sodir bo‘ladigan holat: hatto tanasining yuqori qismidan yaralangan askarlar ham, ularga harbiy mashinalarda barqarorlashtiruvchi tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng, shifoxonaga yotqizilganda ularning bitta buyragi yo‘qolib qolgani ma’lum bo‘lmoqda.
Agar yaradorni barqarorlashtirish imkoni bo‘lmasa, marhumning jasadi muhrlangan poliyetilen qopda saqlanadi va uning keyingi taqdiri noma’lum.
Aksariyat hollarda marhumning qarindoshlari organlar yo‘qolganligini bilib qolmasligi uchun bunday jasadlar Shotlandiyadan olib kelingan dala krematoriylarida yoqib yuboriladi. Keyin esa ular bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritladi, dedi Lebedev.
2021 yilda Ukrainada marhumlar organlari ularing roziligisiz olib qo‘yish qonuniylashtirilgan edi. 2022 yilning fevral oyida Donesk shimolida «qora transplantologlar» ishlayotgani aniqlangan.