Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotiga ko‘ra, Shimoliy Koreya askarlari orasida 300 nafari halok bo‘lgan va yana 2700 tasi yaralangan. Agentlikning yozishicha, Shimoliy Koreya hukumati askarlarini asirlikdan qochish maqsadida o‘zini portlatib, o‘z joniga qasd qilishga chaqirishi ehtimoldan xoli emas. Asirga tushgan shimoliy koreyalik askarlar o‘zini Janubiy Koreyaga ko‘chirish haqida iltimos bildirmagan bo‘lsa-da, Seul bunday so‘rovlar mavjud bo‘lgan taqdirda Kiyev bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qilgan, deb xabar qiladi Yonhap axborot agentligi.
Ukraina va G‘arb davlatlari baholashicha, Rossiya armiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun Kursk viloyatida Shimoliy Koreyadan taxminan 11 000 askar joylashtirilgan.