Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ukrainada “ko‘pmillatli kuchlar”ni joylashtirish imkoniyati qanday?

Ukrainada “ko‘pmillatli kuchlar”ni joylashtirish imkoniyati qanday?

Evropa yetakchilari Kiyevga xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha o‘z qarashlarini bayon etgan qo‘shma bayonotni e’lon qildi, unda Ukrainada “ko‘pmillatli kuchlar”ni joylashtirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

Bayonot hukumat saytlarida chop etilgan va unga Germaniya kansleri Fridrix Mers, Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen, Italiya bosh vaziri Jorja Meloni, Shvesiya bosh vaziri Kristersson, shuningdek Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen va Yevropa Kengashi prezidenti Antoniu Koshta imzo chekkan.

Qo‘shma bayonotga ko‘ra, xavfsizlik kafolatlari quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:

◾️ Ukrainaga uning qurolli kuchlarini rivojlantirish uchun doimiy va salmoqli yordam ko‘rsatish zarur;

◾️ Tinchlik davrida Ukraina Qurolli kuchlari harbiylarining doimiy soni 800 ming nafardan iborat bo‘lishi lozim;

◾️ AQSh ko‘magida, “Ko‘ngillilar koalisyasi”ga kiruvchi davlatlar ishtirokida Yevropa rahbarligidagi Ukrainaga mo‘ljallangan “ko‘pmillatli kuchlar” tashkil etiladi. Bu kuchlar Ukraina Qurolli kuchlarini qayta tiklashga, Ukraina havo va dengiz hududlari xavfsizligini ta’minlashga, jumladan Ukraina hududida amaliyotlar o‘tkazish orqali hissa qo‘shadi;

◾️ AQSh yetakchiligida va xalqaro ishtirok bilan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini monitoring qilish va tekshirish mexanizmi ishlab chiqiladi. U kelajakdagi ehtimoliy hujumlar haqida erta ogohlantirishni ta’minlaydi, o‘t ochishni to‘xtatish rejimi buzilishishi holatlarini kuzatadi va ularga javob choralarini ko‘radi. Shuningdek, barcha tomonlarning manfaatlari uchun qo‘llanishi mumkin bo‘lgan o‘zaro ziddiyatlarning oldini olish mexanizmini amalga oshiradi;

◾️ Ichki tartib-qoidalarga muvofiq, qurolli hujum sodir bo‘lgan taqdirda tinchlik va xavfsizlikni tiklash choralarini ko‘rish bo‘yicha yuridik majburiyat belgilanadi. Bu choralar qurolli kuchlarni joylashtirish, razvedka va logistika yordami, shuningdek iqtisodiy va diplomatik choralarni o‘z ichiga olishi mumkin;

◾️ Urushdan keyin Ukrainani tiklashga investisiyalar, jumladan iqtisodiy va moddiy tiklanish uchun sezilarli resurslar ajratish, o‘zaro manfaatli savdo kelishuvlari va Rossiya tomonidan Ukrainaga yetkazilgan zararni qoplash zaruratini hisobga olishi shart.

Kiritildi: 16:50 16.12.2025. O'qildi: 356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!