49 yoshli Yonatan Karlinski-Mashek Rosh xa-Shana bayrami munosabati bilan Ukrainaga kelgan va Isroilga qaytish uchun chegaradan o‘tayotganda Isroil pasportini ko‘rsatgan. Biroq tekshiruv vaqtida uning Ukraina fuqaroligi ham saqlanib qolgani aniqlangan. Shundan so‘ng erkak avtobusdan tushirilib, safarbarlik rasmiylashtiruvidan o‘tish uchun Odessa viloyatiga yuborilgan.
Bu haqda The Jerusalem Post yozdi, hodisa faktini esa Isroilning Ukrainadagi elchixonasi tasdiqlagan. OAV ma’lumotiga ko‘ra, Karlinski-Mashek hozir Odessa viloyatida bo‘lib, Xarkov atrofidagi harbiy qismlardan biriga shifokor sifatida taqsimlanishini kutmoqda. Uning oilasi uni ozod qilishga harakat qilgan, ammo bu urinishlar natija bermagan.
Erkakka diniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda ibodat kitobi berilgan va kosher taomlari tashkil qilingan.