Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ukrainada 33 davlat fuqarolari harbiy asirlikda saqlanmoqda, ularning eng ko‘pi O‘zbekistondan — “Xochu jit” loyihasi

Ukrainada 33 davlat fuqarolari harbiy asirlikda saqlanmoqda, ularning eng ko‘pi O‘zbekistondan — “Xochu jit” loyihasi

2025 yilda Rossiya kamida 902 nafar O‘zbekiston fuqarosini urushga yollashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda rossiyalik harbiylarning ixtiyoriy ravishda asirga tushishiga ko‘maklashuvchi Ukrainaning “Xochu jit” (“Yashashni istayman”) davlat loyihasi xabar berdi.

"Biz O‘zbekistondan kelgan yollanma askarlar ro‘yxati (1110 nafar)ni e’lon qilganimizdan so‘ng mamlakatda fuqarolarning jangovar harakatlarda ishtiroki haqidagi ma’lumotlarni tekshirish boshlandi, biroq, yollanma askarlarni jinoiy ta’qib qilish kuchayganiga qaramay, Rossiya ularni yollash bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirishda davom etmoqda", deya qayd etdi loyiha.

Unga ko‘ra, yollash ko‘pincha shantaj va aldovlar orqali sodir etiladi, ayniqsa, yaqinda Rossiya fuqaroligini olgan migrantlarga nisbatan. “Natijada bugun Ukrainada 33 davlat fuqarolari asirlikda saqlanmoqda. Xorijiy harbiy asirlar soni bo‘yicha O‘zbekiston birinchi o‘rinda turadi”, deyiladi bayonotda.

“Xochu jit”, shuningdek, Rossiya qamoqxonalarida jazo muddatini o‘tayotganlar tahdid va ruhiy bosim orqali urushga jalb qilinayotganini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 14:15 31.07.2025. O'qildi: 1145 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!