Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Ukraina yozda o‘zining F-16 samolyotini AQSh sababli urib tushirgan — The Wall Street Journal

Ukraina yozda o‘zining F-16 samolyotini AQSh sababli urib tushirgan — The Wall Street Journal

Nashrning yozishicha, samolyot Ukraina Havo hujumidan mudofaa kuchlariga tegishli Patriot zenit-raketa majmuasi tomonidan urib tushirilgan, ammo Kiyev bu haqda rasman e’lon qilmagan.

Buning asosiy sababi — Link 16 taktik tarmog‘ining yo‘qligi bo‘lib, u uchuvchilarga raketa va dron hujumlari vaqtida xavfdan qochishga yordam beradi hamda ularning joylashuvini yerda turgan harbiylarga uzatadi.

WSJ ma’lumotiga ko‘ra, F-16 samolyotlari Ukrainaga yetkazib berilganida, Bayden ma’muriyati havo mudofaa tizimlariga o‘z samolyotlarini dushman samolyotlaridan ajratishga imkon beruvchi muhim texnologiyani yashirgan. Shuningdek, Patriot tizimlarida Link 16 butunlay olib tashlangan, chunki AQSh Ukrainaga F-16 bu qadar tez muddatda yetkazib berilishini kutmagan.

Kiritildi: 10:16 15.02.2025. O'qildi: 2380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!