Bugun 9 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ukraina Vazirlar Mahkamasi binosiga dron emas, balki “Iskander” raketasi tushgan

Ukraina Vazirlar Mahkamasi binosiga dron emas, balki “Iskander” raketasi tushgan

Bu haqda Defense Express o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, 450 kg og‘irlikdagi raketaning jangovar qismi portlamagan, binoning yuqori qavatlaridagi yong‘in esa raketa baklaridagi yoqilg‘ining yonishi oqibatida yuzaga kelgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina Vazirlar Mahkamasi binosiga hujum qilinganini tasdiqlamadi. Idora faqat harbiy ob’ektlar va sanoat korxonalariga zarba berilganini ta’kidladi.

Avvalroq, Ukraina bosh vaziri Yuliya Sviridenko Vazirlar Mahkamasi binosiga zarba berilganini tasdiqlab, binoga uyushtirilgan hujum oqibatlari aks etgan suratlarni ham e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 22:40 08.09.2025. O'qildi: 1291 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!