Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ukraina va Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishga juda yaqin

Ukraina va Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishga juda yaqin

Ukraina va Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishga juda yaqin — AQSh Davlat departamentining matbuot kotibi Temmi Bryus.

"Biz faqat bip maqsad ustida ishlamoqdamiz — o‘t ochishni to‘xtatish. O‘t ochish to‘liq to‘xtatilgandan keyin nima bo‘lishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Lekin biz bu jarayonga juda yaqinmiz. Qizig‘i shundaki, biz hech qachon to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishga bu qadar yaqin bo‘lmaganmiz", — deya ma’lumot berdi Bryus.

Shuningdek, u Ukrainaning Rossiya va’dalariga ishonmasligi haqida fikr bildirdi.

"Gap ishonch haqida emas. Gap oxirida nimaga erishishda. Barchamiz urushni to‘xtatish borasida bir fikrdamiz. Kecha tirik bo‘lganlar bugun yo‘q. Bugun tirik bo‘lganlar esa ertaga tirik qolmasligi mumkin. Saudiya Arabistonidagi muzokaralar, prezidentlar o‘rtasidagi muloqotlar va diplomatik suhbatlar tinchlikka olib bormoqda. Ertaga nima bo‘lishi haqida o‘ylaganda, faqat shu muhim", — deya qo‘shimcha qildi Bryus.

Kiritildi: 12:48 25.03.2025. O'qildi: 1088 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!