Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Ukraina va Rossiya hududiy murosalarga borishi kerak, aks holda...

Ukraina va Rossiya hududiy murosalarga borishi kerak, aks holda...

Ukraina va Rossiya hududiy murosalarga borishi kerak, aks holda Vashington muzokaralar jarayonidan chiqadi — AQSh vise-prezidenti.

"Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Ukrainaga tinchlik kelishuviga erishish yo‘li bo‘yicha juda aniq taklif bergan va ular endi bu taklifga rozilik bildirishlari zarur. Aks holda, AQSh bu jarayondan chiqib ketadi", — deya Vensning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Bloomberg.

Vise-prezidentning jurnalistlarga bergan izohida, Ukraina ham, Rossiya ham o‘zlari da’vo qilayotgan ayrim hududlardan voz kechishlari kerakligini ta’kidladi.

Bloomberg agentligining yozishicha, urushning hozirgi front chizig‘ida muzlatilishi Ukraina uchun “katta qurbonlik” bo‘ladi, chunki Kiyev 2014 yildan buyon Rossiya tomonidan bosib olingan sharqiy va janubiy hududlari, jumladan, Qrimni qaytarib olishga intilmoqda.

Kiritildi: 17:19 23.04.2025. O'qildi: 1132 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!