Ukraina va Amerika rasmiylari xavfsizlik kafolatlari haqidagi hujjatni onlayn muhokama qilishdi.
Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, muzokaralarda AQSh tomonidan Davlat kotibi Marko Rubio, Pentagon kotibi Pit Xegset, AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff, AQSh prezidentining kuyovi Jared Kushner va amerikalik generallar ishtirok etgan. Muloqotda NATO Bosh kotibi Mark Ryutte ham ishtirok etdi.
"Biz Amerika tomonining nafaqat urushni tugatish, balki Ukraina xavfsizligini ta’minlash va Rossiyaning yangi bosqinining oldini olish bo‘yicha turli darajadagi faol ishini juda qadrlaymiz. Bu Amerikaning jiddiyligi va natijalarga sodiqligini ko‘rsatadi", - dedi Zelenskiy.
U xavfsizlik kafolatlari kelgusidagi barcha qadamlar uchun eng muhim omillardan biri ekanligini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, Ukraina allaqachon Budapesht memorandumi bilan bog‘liq salbiy tajribaga ega.
“Shuning uchun xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ushbu hujjatda ukrainaliklarni nima ko‘proq tashvishga solayotgani: Rossiya o‘z tajovuzini qaytadan boshlashga qaror qilsa, bizning hamkorlarimiz qanday choralar ko‘rishi haqidagi aniq javoblarni o‘z ichiga olishi hozir muhim”, - deya ta’kidladi Ukraina rahbari.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar yaqin kelajakda Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha aniq tushunchaga erishish uchun faol ishlashga kelishib oldilar.