Ukraina va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarda Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari masalasi hal etilmay qolgan — The Wall Street Journal.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, muzokaralarda Ukrainada saylovlar o‘tkazish imkoniyati, shuningdek, Rossiya hamda Ukraina o‘rtasida hududlar almashinuvi masalalari muhokama qilingan. Uchrashuvda Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlari masalasi ham ko‘tarilgan, ammo bu hal etilmagan.
Ukraina ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Kiyev Zelenskiyning Tramp bilan shaxsiy muloqotini tashkillashtirishni talab qilmoqda.
Manbalarga ko‘ra, Ukraina prezidenti AQSh yetakchisi bilan muhokama qilish zarur bo‘lgan bir qator masalalar mavjud, deb hisoblaydi.