AQSh va Ukraina delegasiyalarining erishilgan kelishuvlarga asoslanish bo‘yicha qo‘shma ishlari shu hafta oxirida Jenevada davom etadi.
Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak Telegram’da ma’lum qildi.
"Ushbu hafta oxirida Ukraina va Amerika delegasiyalari o‘rtasidagi qo‘shma ish Jenevada erishilgan natijalarga tayanishda davom etadi. Samaradorlikni saqlab qolish va tezkorlik bilan ishlash muhim. Hamkorlarimiz bilan asosiy umumiy maqsadimiz o‘zgarishsiz qolmoqda - imkon qadar tezroq Ukraina uchun mustahkam va munosib tinchlikka erishish", deb yozdi u.
Ukraina Prezidenti devonining rahbari Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha qadamlarni aniqlashda sezilarli yutuqlarga erishish kerakligini ta’kidladi.
"Jenevada bo‘lgani kabi, biz hozirda urushni tugatish bo‘yicha qadamlarni belgilashda sezilarli yutuqlarga erishish uchun konstruktiv suhbatga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Men Amerika jamoasiga ularning uzluksiz mehnati uchun minnatdorchilik bildiraman. Tinchlik umumiy yutuqga aylanishi kerak", - dedi Yermak.