Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Ukraina va AQSh foydali resurslar bo‘yicha bitimni yakunlash hamda boj to‘lovlarisiz savdoni muhokama qildi

Ukraina va AQSh foydali resurslar bo‘yicha bitimni yakunlash hamda boj to‘lovlarisiz savdoni muhokama qildi

Ukraina va AQSh foydali resurslar bo‘yicha bitimni yakunlash hamda boj to‘lovlarisiz savdoni muhokama qildi.

Bu haqda Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal AQSh Moliya vaziri Skott Bescent bilan Vashingtonda o‘tkazilgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.

"Ukraina va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida erkin savdo hududi ustida ish boshlashga kelishib oldik", — deb yozdi Ukraina bosh vaziri.

Shmiganning so‘zlariga ko‘ra, Vashington va Kiyev o‘rtasida foydali resurslar bo‘yicha bitim yuzasidan muzokaralar davom etmoqda. Bescent ushbu hujjatni iloji boricha tezroq imzolash zarurligini ta’kidladi. Endi tomonlar bu hujjatni “iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha kelishuv” deb atamoqda.

18 aprel kuni AQSh va Ukraina ushbu kelishuvni yakunlash niyatida memorandum imzolagan edi. O‘sha paytda Donald Tramp bu kelishuv 24 aprelgacha tuzilishi mumkinligini aytgan edi. Denis Shmigal esa 26 aprelgacha muzokarachi guruhlar erishilgan taraqqiyot haqida hisobot berishini bildirdi.

Kiritildi: 16:40 24.04.2025. O'qildi: 952 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!