Bugun 28 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Ukraina urushida halok bo‘lgan 152 mingdan ortiq rossiyalik harbiyning shaxsi tasdqilandi

 Ukraina urushida halok bo‘lgan 152 mingdan ortiq rossiyalik harbiyning shaxsi tasdqilandi

Ukraina urushida halok bo‘lgan 152 mingdan ortiq rossiyalik harbiyning shaxsi tasdqilandi, ularning ko‘pchiligi kichik shahar va qishloqlardan.

Bu haqda “BBC Rus xizmati” va “Mediazona” nashri jurnalistlari ochiq manbalar asosida o‘tkazilgan surishtiruv natijasiga ko‘ra ma’lum qildi.

"Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosli bosqini chog‘ida halok bo‘lgan 152 120 nafar harbiyning shaxsi aniqlandi", deyiladi surishtiruvda.

Qayd etilishicha, Ukraina urushida qurbon bo‘lgan rossiyalik harbiylarning 67 foizi aholisi 100 ming nafardan kam bo‘lgan kichik shaharlar va qishloq hududlaridan frontga jo‘natilgan. Rossiya rasmiy statistikasiga ko‘ra, mamlakat aholisining yarmidan kam qismi shunday hududlarda yashaydi.

Kiritildi: Bugun 18:09. O'qildi: 374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!