Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Ukraina urush boshlanganidan beri birinchi marta demobilizasiya qilinganini e’lon qildi

Ukraina urush boshlanganidan beri birinchi marta demobilizasiya qilinganini e’lon qildi

Ukrainada harbiy xizmatchilarning qisman demobilizasiyasi 2026 yil oxirida amalga oshiriladi.

Bu haqda Ukarina Mudofaa vaziri Mixaylo Fyodorov mahalliy TSN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, bu jarayon 2022 yildan beri yoki undan oldinroq xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarni bosqichma-bosqich qamrab oladi.

"Biz kalkulyator yaratamiz. Har bir harbiy xizmatchi qaysi oyda (xizmatdan) bo‘shatish huquqiga ega ekanligini ko‘ra oladi", deb ta’kidladi Fedorov.

Mudofaa vaziri shuningdek, hatto amaldagi shartnomaga ega harbiy xizmatchilar ham demobilizasiya huquqiga ega bo‘lishini ta’kidladi: "Agar siz noyabr yoki dekabr oylarida bo‘shatish huquqiga ega bo‘lsangiz, shartnoma imzolaganingiz yoki imzolamaganingizdan qat’i nazar, prezident farmoni ustunlik qiladi", deb tushuntirdi Fedorov.

Avvalroq Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Andrey Gnatov Liga nashriga bergan intervyusida hozirgi sharoitda demobilizasiya imkonsiz ekanligini aytgan edi.

Kiritildi: 09:51 17.06.2026. O'qildi: 2259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!