Bugun 17 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Ukraina Ukraina qurolli kuchlari bo‘linmalari Sudjadan chekinganini tasdiqladi

Ukraina Ukraina qurolli kuchlari bo‘linmalari Sudjadan chekinganini tasdiqladi

Ukraina harbiylari Kursk viloyatidagi Sudja shahridan chekinganini tasdiqladi. Bu haqda bugun Ukraina Bosh shtabi Ukraina qo‘shinlarining davlat chegarasi tomon chekinishini ko‘rsatuvchi yangilangan xaritani taqdim etib, ma’lum qildi.

Bir kun avval Ukraina tomoni Kursk viloyatida 20 ta qurolli to‘qnashuv haqida xabar bergan edi. Kiyev ma’lumotlariga ko‘ra, rus qo‘shinlari 19 marta havo hujumi uyushtirgan, 28 ta bomba tashlagan va 232 ta artilleriya o‘qlarini o‘qqa tutgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi 13-mart, payshanba kuni Rossiya Qurolli kuchlari Sudjani to‘liq nazoratga olganini ma’lum qildi. O‘tgan yilning avgust oyida Kiyevning kutilmagan hujumidan so‘ng shahar taxminan yetti oy davomida Ukraina harbiylari nazoratida edi.

Kiritildi: 23:29 15.03.2025. O'qildi: 1838 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!