Ukraina AQSH, Yevropa Ittifoqi, Shimoliy Yevropa va Boltiqbo‘yi hamkorlari bilan 30 kunlik otashkesim bo‘yicha bir qator onlayn uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralarda AQSh prezidentining maxsus vakillari Stiven Uitkoff va Keyt Kellog ishtirok etdi.
Bu haqda prezident devoni rahbari Andrey Yermak ma’lum qildi.
Uning xabar berishicha, muzokaralarda Fransiya prezidenti maslahatchisi Emmanuel Bonne, Buyuk Britaniya bosh vaziri maslahatchisi Jonatan Pauell va Germaniya kansleri maslahatchisi Gyunter Zautter ishtirok etgan.
Ermakning ta’kidlashicha, Ukraina tomoni muzokaralar chog‘ida to‘liq va so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatish adolatli va barqaror tinchlikka erishish uchun birinchi qadam bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan.