AQSh Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha yangi hujjat taklif qildi — OAV
Ukraina nashrlarining yozishicha, Vashington Kiyevga xavfsizlik kafolatlariga oid alohida hujjatni topshirgan. Unda uchta band mavjud:
— Agar Rossiya Ukrainaga yana hujumga o‘tsa, AQSh prezidenti bunga qarshi Amerika qurolli kuchlari va razvedkasini jalb qilish huquqiga ega bo‘ladi;
— Ukrainaga qarshi agressiya holatida NATO'ga a’zo Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Polsha va Finlyandiya davlatlari AQSh bilan hamohang ravishda harakat qilish majburiyatini oladi;
— Ukraina uchun beriladigan xavfsizlik kafolatlarining amal qilish muddati 10 yil.