Bugun 24 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Hakamlik sudi sudyasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Hakamlik sudi sudyasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Hakamlik sudi sudyasi o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi 2 nafar fuqaroni Janubiy Koreya davlatiga mavsumiy ishchi sifatida yuborishga kelishib, 15 000 AQSh dollari talab qiladi. U ishni tezroq bitirib berish uchun oldindan 4 100 AQSh dollarini “avans” tariqasida oladi.

Ammo, bergan va’dasini ustidan chiqa olmagach, muqaddam olgan pul mablag‘idan bir qismini qaytarib bergan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 07:36. O'qildi: 822 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!