Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Jizzaxda Matiz va yuk mashinasi YTHga uchradi

Jizzaxda Matiz va yuk mashinasi YTHga uchradi

23 noyabr kuni Jizzax shahrida uch kishi o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Ichki ishlar vazirligi YHXX ma’lumotiga ko‘ra, fojia soat 08:10 larda Jizzax shahri «Amir Temur» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan D-050 «Jizzax–G‘allaorol» avtomobil yo‘lida ro‘y bergan.

Ma’lum qilinishicha, «Matiz» rusumli avtomobil o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan boshqa bir avtomobilni quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan, lekin ro‘paradan kelayotgan «Zil-130» rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida «Matiz» haydovchisi hamda ikki yo‘lovchisi olingan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan.

Tezkor tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 23:45 23.11.2025. O'qildi: 3615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!