Tinchlik rejasining hozirgi tahriri Ukraina uchun asosiy ustuvor yo‘nalishlarning aksariyatini o‘zida aks ettiradi, dedi Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi.
Rustem Umerov Kiyev Jenevadagi muzokaralardan mamnun ekanini ma’lum qildi.
"Hujjatning hozirgi tahriri, kelishuvning yakuniy bosqichida bo‘lsa-da, Ukraina uchun asosiy ustuvor yo‘nalishlarning aksariyatini allaqachon o‘z ichiga olgan", — deb yozdi u o‘zining Telegram-kanalida.
Umerov, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarga konstruktiv hamkorlik va mavjud tinchlik rejasi bo‘yicha Ukrainaning mulohazalariga e’tiborli munosabat uchun minnatdorchilik bildirdi.
"Bugun tinchlik kelishuvi borasida yanada katta siljish bo‘lishini kutyapmiz", — deya xulosa qildi Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi.