Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Qrim-tatar xalqi majlisi raisi o‘rinbosari Narimon Jalolni Turkiyaga elchi etib tayinladi.
Bu haqda mamlakat yetakchisi ijtimoiy tarmoq orqali e’lon qilgan murojaatida gapirdi.
2021 yil 4 sentyabr kuni Rossiya tomonidan Simferopol yaqinidagi Perevalnoye gaz quvurining bir qismini portlatganlikda ayblanib, hibsga olinib, 17 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan Jalol shu yil iyunda mahbuslar almashinuvi natijasida ozod etilgan.