Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari joriy yilda sezilarli taraqqiyotsiz yakunlandi, shuning uchun ularni to‘xtatishga qaror qilindi, dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Kislisa 11 noyabr kuni Times gazetasiga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev 2025 yil yozidan beri Ukrainaning xalqaro hamkorlaridan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga prezident Vladimir Zelenskiy bilan shaxsan uchrashishga rozi bo‘lishi uchun bosimni kuchaytirishga erishish maqsadida faol ish olib bormoqda.
«Diktatura sharoitida diktatorning muzokara guruhlari bilan samarali munozara olib borib bo‘lmaydi. Ularda juda qattiq mandat bor va ular o‘ziga buyurilgan pozisiyani himoya qilishi kerak», dedi Kislisa Ukraina va Rossiya delegasiyalarining Istanbuldagi muzokaralar jarayonini nazarda tutib.
Kislisaning intervyusidan so‘ng Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Kreml Turkiyada Ukraina bilan muzokaralarni qayta boshlashga tayyorligini aytib, tinchlik jarayoni Kiyev tomonidan to‘xtatilganini ta’kidladi.
«Turkiya vakillari ularni (muzokaralarni) qayta boshlashga bir necha bor chaqirgan. Rossiya jamoasi bunga tayyor, to‘p Ukraina tomonida», deb ma’lum qildi Rossiya TIV MDH mamlakatlari ikkinchi departamenti rahbari Aleksey Polishuk.