Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ukraina Tatarstondagi «Shahed» dronlari omboriga zarba berganini ma’lum qildi

Ukraina Tatarstondagi «Shahed» dronlari omboriga zarba berganini ma’lum qildi

Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) 10 avgust kuni tongda Tatarstonda joylashgan zarba dronlari — «Shahed» saqlanadigan omborga zarba berilganini ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, zarba Yelabuga shahriga yaqin (takriban 30 km) joylashgan Qizil-Yul posyolkasining logistika xabiga yo‘naltirilgan. Hujum natijasida binoda yong‘in kelib chiqqan.

Rossiya Mudofaa vazirligi bu hujum bo‘yicha shu kuni tongda ma’lumot berib, Tatarston osmonida uchta dron yo‘q qilinganini aytgan. Respublika rasmiylari esa To‘qay tumanidagi qurilish maydonida uchta dron parchalari topilganini ma’lum qildi. Aynan shu hududda Qizil-Yul joylashgan. Hujumda jabrlanganlar haqida xabar yo‘q.

📍 Rossiya-Ukraina chegarasi bilan Tatarston o‘rtasidagi masofa taxminan 1300 kmni tashkil qiladi.

Kiritildi: 14:34 10.08.2025. O'qildi: 677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!