Ukraina dronlari Rossiya Federasiyasining Tatariston Respublikasidagi Nijnekamsk shahri neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi.
Tatariston bo‘ylab boshqa aholi punktlaridan ham uchib o‘tayotgan dronlar haqida xabarlar kelmoqda.
****
Qozon, Nijnekamsk va Ulyanovsk aeroportlarida "Gilam" rejasi joriy etildi. Uchish va qo‘nish reyslari kechiktirildi.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berishicha, tun davomida Qora va Azov dengizlari hamda Qrim ustida 46 ta Ukraina droni yo‘q qilindi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan tun mobaynida navbatchi havo mudofaasi vositalari Qora dengiz ustida 31 ta, Azov dengizi ustida 14 ta va Qrim Respublikasi ustida yana bitta dronni yo‘q qilgani ta’kidlandi.