Bugun 12 yanvar, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ukraina Qurolli Kuchlari KXDRlik bo‘lgan harbiylarni asirga oldi

Ukraina Qurolli Kuchlari KXDRlik bo‘lgan harbiylarni asirga oldi

Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, jarohatlangan ikki nafar harbiy qo‘lga olingan va ular Kiyevga yetkazilgan. Hozirda Ukraina Xavfsizlik xizmati tergovchilari ular bilan muloqot qilmoqda.

"Bu vazifa oson bo‘lmadi: odatda rossiyaliklar va Shimoliy Koreyadan bo‘lgan boshqa harbiylar o‘z yarador safdoshlarini o‘ldirib, KXDRning Ukraina urushida ishtirok etayotganini ko‘rsatuvchi dalillarni yo‘q qilishga harakat qilishadi", — deb yozdi Zelenskiy.

Shuningdek, Ukraina prezidenti asirlardan biriga tegishli ekanligi aytilayotgan harbiy guvohnoma suratini e’lon qildi. Ushbu guvohnomada 1998 yilda Rossiya Federasiyasining Tiva Respublikasida tug‘ilgan Aranzin ismli shaxs qayd etilgan.

Kiritildi: 19:07 11.01.2025. O'qildi: 1235 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!