Ukraina Suriyadagi Rossiya bazasiga hujum qildi, deya xabar bermoqda Kyiv Post nashri Bosh razvedka boshqarmasidagi manbalarga tayanib.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Kuveyres aviabazasiga zarba iyul oyi oxirida Putin va Asad o‘rtasidagi uchrashuvdan bir kun o‘tib amalga oshirilgan. Videoda radioelektron to‘lqin qilingani va aerodromdagi harbiy nishonlarga dronlardan qilingan hujum aks etgan. Zarba haqida rasman xabar berilmagan.