Ukrainaning Vinnisa shahar sudi "Univer" serialidagi Kuzya roli bilan tanilgan aktyor Vitaliy Gogunskiyni sirtdan 12 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
Sud, shuningdek, aktyorni barcha mol-mulkini musodara qilishga hukm qildi va aktyorni ekspertiza xarajatlari uchun Ukrainaga 380 dollar to‘lashga majbur qildi.
Avvalroq SBU Vitaliy Gogunskiyni "urush tashviqoti" va "bosqinchi davlat" bilan hamkorlikda ayblagan edi. U, shuningdek, Ukraina chegaralarini o‘zgartirishga chaqiruvchi materiallarni tarqatishda ham ayblanmoqda. Aktyorga nisbatan Ukraina Jinoyat kodeksining uchta tegishli moddasi (110-modda, 111-1-modda, 436-modda) bilan ish ochilgan.
Vitaliy Gogunskiy Ukrainaning Poltava viloyati Kremenchuk shahrida tug‘ilgan. Ukrainada maxsus harbiy operasiya boshlanganidan keyin u rossiyalik harbiy xizmatchilarni omma oldida qo‘llab-quvvatlagan. Aktyorning otasi Ukrainada yashaydi.