Bugun 15 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ukraina sobiq energetika vaziri mamlakatdan chiqib ketishga uringan paytda qo‘lga olindi

Ukraina sobiq energetika vaziri mamlakatdan chiqib ketishga uringan paytda qo‘lga olindi

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, German Galushenko mamlakat hududini poyezd bilan tark etayotganida to‘xtatib qolingan.

Chegarachilarda Galushenko chegarani kesib o‘tishga uringan taqdirda Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi byurosi va Maxsus korrupsiyaga qarshi prokuraturani xabardor qilish topshirig‘i bo‘lgan.

Galushenko 2021 yil aprelida Ukraina energetika vaziri lavozimiga tayinlangan, 2025 yil iyulida esa adliya vaziri lavozimiga o‘tgan. Uning o‘rnuga Ukraina energetika vazirligini Svetlana Grinchuk boshqargan. 2025 yil noyabrida Ukraina Oliy Radasi “Energoatom” kompaniyasi va tadbirkor Timur Mindich atrofida yuzaga kelgan korrupsiya mojarosi sababli, Galushenko va Grinchukni lavozimidan ozod qilgan. Ukraina korrupsiyaga qarshi kurash organlari amaliyoti doirasida ushbu ish bo‘yicha Galushenkoning uyida ham tintuv o‘tkazilgan.

Kiritildi: Bugun 17:37. O'qildi: 810 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!