Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Ukraina Rossiyaning "soya flotini" qonuniy harbiy nishon deb hisoblamoqchi

Ukraina Rossiyaning "soya flotini" qonuniy harbiy nishon deb hisoblamoqchi

Mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Kuleba Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) huzuridagi Xalqaro dengiz tashkilotiga tegishli xat bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda Financial Times gazetasi va Britaniyaning kemachilikka oid Lloyd’s List jurnali.

Murojaatda qayd etilishicha, Rossiyadan neft va gaz tashuvchi tankerlar "Rossiya byudjet daromadlarini shakllantirishda va harbiy harakatlarni davom ettirishni ta’minlashda asosiy rol o‘ynaydi", shu sababli ularning faoliyatini "oddiy tijorat" sifatida talqin qilish shubha tug‘diradi.

Bundan tashqari, Kulebaning ma’lumotlariga ko‘ra, urush boshlanganidan beri Rossiya 200 dan ortiq savdo kemalariga hujum qilgan, ulardan 59 tasiga Qora dengizda zarba berilgan.

FT nashrining ko‘rsatishicha, iyun oyi boshida Moskva vakillari ham xuddi shu tashkilotga xat yozib, unda Ukraina rasmiylarini mart oyi boshida O‘rtayer dengizida Arctic Metagaz suyultirilgan gaz tashuvchi kemasiga dengiz dronlari orqali qilingan hujum tufayli "terrorizm"da ayblagan edi.

Ushbu hujumdan keyin Rossiya bayrog‘i ostidagi suyultirilgan tabiiy gaz (STG) tashuvchi tankerlar Afrikani aylanib o‘tuvchi Yaxshi umid burni (mis Dobroy Nadejdi) orqali o‘tadigan yo‘nalishni tanlamoqda, deb yozadi FT.

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning o‘zida Ukraina Rossiya "soya floti"ning 10 dan ortiq kemasiga hujum qilgan.

Kiritildi: 16:32 01.07.2026. O'qildi: 1189 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!