Ukraina Rossiyaning Dnepr shahriga qit’alararo ballistik raketa yordamida zarba berishiga G‘arbning munosabatini kutmoqda. Bu voqea Sovuq Urushdan beri bunday qurollarning janglarda misli ko‘rilmagan qo‘llanilishini ko‘rsatishi mumkin.
Bu haqda Ukraina OAVlari xabar bermoqda.
Bloomberg ta’kidlashicha, agar bu zarba tasdiqlansa, bu Sovuq urush boshida ushbu turdagi qurol ishlab chiqilganidan beri ISBMlarning janglarda birinchi qo‘llanilishi bo‘ladi.
"5000 km dan ortiq masofaga uchadigan va yadroviy qurol yetkazib berishga mo‘ljallangan qit’alararo ballistik raketaning uchirilishi Moskva hujumlarining sezilarli darajada kuchayishini bildiradi. Bu shuningdek, Kiyevning ittifoqchilariga kuchli signal beradi, ayniqsa Ukraina uzoq masofali raketani AQSh va Britaniya raketalari Rossiyadagi nishonlarga qarshi qo‘llaganidan keyin" - deyiladi xabarda.
Ukraina Qurolli Kuchlari Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil 21 noyabr kuni ertalab soat 05:00 dan 07:00 gacha rus qo‘shinlari Dneprga bir qator hujumlar uyushtirgan. Hujumlarda qit’alararo ballistik raketa, X-47M2 Kinjal aeroballistik raketasi va yettita X-101 qanotli raketasi ishlatilgan.
Hujum natijasida ikki kishi jabrlangan, nogironlar reabilitasiya markazi binosi va sanoat korxonasi zarar ko‘rgan. Ukraina tomoni bunday qurollardan foydalanish nafaqat Ukraina, balki xalqaro xavfsizlikka ham jiddiy tahdid ekanligini ta’kidlamoqda.