Ukraina hech qanday bitimlarni, jumladan, Rossiyaga hududiy imtiyozlarni taqdim qilmaydi va to‘liq tinchlik kelishuviga erishish uchun birinchi qadam sifatida o‘t ochishni to‘xtatishni talab qiladi.
Financial Times nashrining xabar berishicha, bu haqda Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Kiyevning Vashingtonga bergan takliflari aks etgan hujjatda aytilgan.
Qayd etilishicha, Ukraina Rossiya bilan tinchlik kelishuvidan keyin AQSh xavfsizlik kafolati evaziga Yevropa tomonidan moliyalashtirilgan 100 milliard dollarlik AQSh qurollarini sotib olish majburiyatini oladi. Hujjatda Ukraina kelishuv doirasida qanday qurollar so‘ragani haqida aniq ma’lumot yo‘q, biroq Kiyev o‘z shaharlari va muhim infratuzilmasini himoya qilish uchun AQShning kamida 10 dona Patriot zenit-raketa majmuasini, shuningdek, boshqa raketa va jihozlarni sotib olish istagini aniq bildirgan.
Takliflarga ko‘ra, Kiyev va Vashington Ukraina kompaniyalari bilan dronlarni ishlab chiqarish bo‘yicha 50 milliard dollarlik shartnoma ham tuzadi. Biroq, dron bitimining qaysi qismi xaridlar va qaysi qismi investisiyalar bo‘lishi aniqlanmagan.
Ukraina hech qanday kelishuvni, jumladan, Rossiyaga hududiy imtiyozlarni qabul qilmasligi va to‘liq tinchlik kelishuviga erishish uchun birinchi qadam sifatida o‘t ochishni to‘xtatishni ta’kidlamoqda. Kiyev, shuningdek, Moskvaning Vashingtonga Ukraina qo‘shinlari qisman bosib olingan sharqiy viloyatlardan Donesk va Lugansk viloyatlaridan olib chiqib ketilgan taqdirda front chizig‘ining qolgan qismini muzlatish haqidagi taklifini rad etadi. Bu “Rossiya qo‘shinlarining Dneprga qarab keyingi va tez oldinga siljishi uchun ko‘priklar”ni yaratadi va Rossiya Federasiyasiga “boshqa vositalar yordamida tajovuzkorlik maqsadlariga erishishga” imkon beradi”, deyiladi hujjatda.