Bugun 23 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ukraina Rossiyadagi Ozon logistika majmuasiga dron hujumini uyushtirdi

Ukraina Rossiyadagi Ozon logistika majmuasiga dron hujumini uyushtirdi

Rossiyaning Samara viloyatidagi Ozon logistika majmuasiga dron hujumi oqibatida to‘rt kishi jarohat oldi.

Bu haqda Rossiya OAV favqulodda xizmatlarga tayanib xabar bermoqda.

"Ozon majmuasida to‘rt kishi jarohatlangan. Uch kishi yengil jarohat olgan, biri og‘ir jarohat olgan. U evakuasiya paytida ikkinchi qavatdagi derazadan sakrab tushgan. Shifokorlar uni operasiya qilishmoqda", dedi manba.

Shanba kuni kechqurun Samara viloyatida yirik dron hujumi sodir bo‘ldi. Viloyatdagi sanoat ob’ektlaridan birida zarar qayd etildi va Ozon logistika majmuasiga ham zarba berilgani haqida xabar berildi.

Kiritildi: Bugun 08:40. O'qildi: 454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!