Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Ukraina rasmiylari Yevropa rahbarlarini 9 may kuni Kiyevga kelishga taklif qildi — Politico

Ukraina rasmiylari Yevropa rahbarlarini 9 may kuni Kiyevga kelishga taklif qildi — Politico

"Kiyev bu tashabbus orqali aynan shu kuni Moskvada o‘tkaziladigan an’anaviy G‘alaba bayrami paradiga javoban Yevropa Ittifoqining Ukrainaga nisbatan qo‘llab-quvvatlashini namoyish etmoqchi", deb xabar bermoqda nashr.

Politico ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga dushanba kuni Lyuksemburgda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Yevroittifoqdagi hamkasblariga rasmiy taklifni taqdim etdi. Sibiga ularni "Ikkinchi jahon urushidan beri Yevropadagi eng yirik tajovuzga qarshi birlik va qat’iyatni namoyish qilishga" chaqirdi.

Sibiganing so‘zlariga ko‘ra, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy may oyida “xohlovchilar koalisiyasi” yetakchilari bilan alohida uchrashuv o‘tkazishni xohlamoqda. Uchrashuvda, Rossiya bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilsa, Ukrainaning xavfsizligi uchun kafolatlar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Politico nashrining ikki diplomatik manbaga tayanib yozishicha, may oyi boshlarida Yevropa davlatlari rahbarlarining Ukrainaga tashrifi bo‘yicha muzokaralar boshlangan. Ular orasida Germaniyaning bo‘lajak kansleri Fridrix Mers ham bor. Mers may oyida kansler lavozimiga kirishadi va Kiyevga safari uning birinchi xorijiy tashrifi bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Politico xabariga ko‘ra, Yevropa diplomatiyasining rahbari Kaya Kallas YEI tashqi ishlar vazirlarining Lyuksemburgdagi yig‘ilishidan so‘ng Yevropa rahbarlarini 9 may kuni Moskvadagi tadbirlarda ishtirok etmaslik haqida ogohlantirdi va ularni buning o‘rniga Ukrainaga birdamlik ko‘rsatishga chaqirdi.

Kiritildi: 10:59 15.04.2025. O'qildi: 1074 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!