TASSning xabar berishicha, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina harbiylarining Donbass hududidan chiqib ketishi Rossiyaning muhim sharti ekanini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moska qayta boshlangan muzokaralar tafsilotlarini oshkor etishni maqsadga muvofiq deb hisoblamaydi.
Shuningdek, Peskov Rossiyaning muzlatilgan aktivlari urushdan zarar ko‘rgan hududlarni, jumladan, Donbassni tiklashga yo‘naltirilishi mumkinligini tasdiqladi.