Rossiyaning Kursk viloyatidagi qarshi hujumi to‘xtatildi, uning hududining bir qismi Ukraina nazorati ostida qolmoqda, dedi AFP'ga Ukraina qurolli kuchlari komendantining ushbu hududda tashkil etilgan vakili Aleksey Dmitrashkovskiy.
Rossiya qo‘shinlari «qanotlardan hujumga o‘tishga harakat qilishdi, ammo ular to‘xtatildi, vaziyat barqarorlashdi va bugun hamma narsa bizning nazoratimiz ostida, ular muvaffaqiyatga erisha olmadi», - deya uning so‘zlarini keltiradi agentlik.
Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan bosib olingan hududda «bir necha ming» rossiyalik tinch aholi qolmoqda. Ayrim aholi punktlarida hali ham 100 dan ortiq odam bor, deya AFP Dmitrashkovskiydan iqtibos keltiradi.
Seshanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Kursk viloyatidagi faoliyati to‘g‘risida kunlik ma’lumot berib, Rossiya armiyasi hujum amaliyotlarini davom ettirayotganini da’vo qilgan edi. Shu bilan birga, biron bir aholi punktini «ozod qilish» haqida hech narsa aytilmagan va sanab o‘tilgan jangovar joylar avvalgi kun bilan deyarli bir xil edi.