Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Trampdan jangovor harakatlarni Rossiya hududiga ko‘chirishga yordam berishni so‘radi

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Trampdan jangovor harakatlarni Rossiya hududiga ko‘chirishga yordam berishni so‘radi

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy The Washington Post gazetasiga bergan intervyusida AQSh va Yevropani ukrainalik harbiylarga uzoq masofaga uchuvchi raketalar berishga va ulardan Rossiyaga qarshi foydalanishga ruxsat berishga chaqirdi.

"Rossiyaliklar Ukrainadagi deyarli barcha ob’ektlarni – aerodromlar, aholi punktlari, infratuzilma ob’ektlarini nishonga olmoqda. Dushmanga munosib zarba berish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun bizga ballistik raketalar yetkazib berilishi kerak. Har qanday raketa qurolining mavjudligi o‘z-o‘zidan cheklovchi omil hisoblanadi. Umid qilamanki, prezident Trampning pozisiyasi tufayli bu jarayon ancha osonlashadi va bizda avvalgidek qiyinchiliklar bo‘lmaydi", – dedi Sirskiy.

Qo‘mondonning so‘zlariga ko‘ra, agar Kiyev o‘rta va uzoq masofali raketalarning katta miqdorini, jumladan, Qo‘shma Shtatlarning ATACMS va Germaniyaning Taurus'larini olsa, Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning raketa va dron ishlab chiqaruvchi korxonalariga hujum qilish orqali rus mudofaa sanoatini zaiflashtirishi mumkin.

"Bizda yuqori motivasiyali va jasur askarlar bor, ular oldinga bora oladi, ammo ularga zamonaviy va ishonchli himoya vositalari, qurollar va harbiy texnikalar zarur", – dedi Sirskiy.

Kiritildi: 12:23 24.07.2025. O'qildi: 1059 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!