Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Ukraina qurol uchun 500 million yevro oladi

Ukraina qurol uchun 500 million yevro oladi

Evropa Ittifoqi tashqi ishlar xizmati rahbari Xosep Borrel Yevropa Ittifoqining Ukrainaga harbiy yordamining umumiy miqdori 2 milliard yevroga yetishini qayd etdi.

Evropa Ittifoqi rasmiylari Ukrainaga og‘ir qurollar – tanklar va artilleriya sotib olish uchun qo‘shimcha 500 million yevro yordam ajratadi.

Bu haqda YEI tashqi ishlar xizmati rahbari Xosep Borrel G7 tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishiga kelganida ma’lum qildi.

«Bu «Katta yettilik» tashqi ishlar vazirlarining Ukraina inqirozi boshlanganidan beri yettinchi uchrashuvi. Resept o‘zgarishsiz qolmoqda, Ukrainani ko‘proq qo‘llab-quvvatlash, jumladan, harbiy yordam. Men Ukrainaga harbiy yordam uchun 500 million yevro ajratilishini e’lon qilaman. Bizning yordamimiz jami 2 milliard yevroga yetadi», dedi Borrell.

Uning ta’kidlashicha, bu mablag‘lar «og‘ir qurollar sotib olishga sarflanadi, hozirda biz zirhli texnikalar, tanklar, artilleriya va snaryadlarni yuborganmiz».

Evropa Ittifoqi davlatlari Ukrainaga harbiy samolyotlar yetkazib berishni moliyalashtira oladimi degan savolga javob berar ekan, Borrell: «Yo‘q, siz 500 million yevroga ko‘p samolyot yetkazib bera olmaysiz, bu mablag‘lar zarur bo‘lgan og‘ir qurollarni sotib olishga sarflanadi», dedi.

Borrel, shuningdek, G7 davlatlarini Rossiyaga bosimni kuchaytirish, yangi sanksiyalar joriy etish, Rossiya Federasiyasini jahon sahnasida izolyasiya qilishga urinish va «Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun birlashgan front yaratish»ga chaqirdi.

Kiritildi: 15:10 13.05.2022. O'qildi: 3150 marta. Fikrlar soni: 10 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!