Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Ukraina Qrimdagi Rossiya qo‘mondonlik punktiga zarba berdi

Ukraina Qrimdagi Rossiya qo‘mondonlik punktiga zarba berdi

Ukraina kuchlari 15 aprel kuni Rossiyaning Qrim yarimorolida joylashgan qo‘mondonlik punktiga zarba bergan. Bu haqda The Kyiv Independent nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, hujum o‘rta masofaga uchuvchi raketalar bilan amalga oshirilgan. Hujum sodir etilgan hududda Rossiyaning yuqori harbiy idoralari joylashgan bo‘lgan.

15 aprel kuni tush paytida Qrimda portlashlar yuzaga kelgan. Havo hujumi haqida ogohlantirish signallari ikki soat davomida faol ishlagan.

Ukraina bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaga qarashli Sevastopoldagi 810-dengiz piyodalari brigadasining harbiy bazasiga zarba berilgan. Rus harbiy texnikasiga jiddiy shikast yetkazilgan.

Ukraina harbiy-dengiz kuchlari matbuot kotibi Dmitriy Pletenchuk 30 mart kuni Ukrainaning muvaffaqiyatli zarbalaridan so‘ng Rossiya o‘zining deyarli barcha yirik kemalarini Qrimdagi portlardan olib ketganini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 06:20 16.04.2024. O'qildi: 1368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!