Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Ukraina Putinning “homiylari”ga zarbalar bermoqda"

"Ukraina Putinning “homiylari”ga zarbalar bermoqda"

Vlodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina ilk bor o‘zining ballistik raketalari va zarbdor dronlarini yasamoqda.

"Bu shunchaki ishlanmalar emas, balki allaqachon ishlayotgan va ilgari erishib bo‘lmas deb hisoblangan masofalarni bosib o‘tayotgan haqiqiy kuchdir.

2884 kilometr. Bu shu yerdan Omsk neftni qayta ishlash zavodigacha bo‘lgan masofa. Tarixiy masofa, tarixiy aniqlik. Turar joy binolari, maktablar va ibodatxonalar bilan urishayotgan Rossiyadan farqli o‘laroq, Ukraina ushbu urushda Putinning “homiylari”ga hamda unga odamlarni o‘ldirishda yordam berayotgan vositalarga zarbalar bermoqda.

Kimdir bizni zamonaviy texnologiyalar yordamida Rossiyani o‘rta asrlarga qaytarayotganimizni aytmoqda. Kimdir Moskva yongan Napoleon davrlarini eslamoqda. Biroq Ukraina uchun balandparvoz gaplar emas, natija muhim. Bizning asosiy maqsadimiz – benzinsiz Rossiya emas, balki Rossiyasiz Ukraina, urushsiz Ukraina, Yevropa bilan birga bo‘lgan Ukraina hamda Moskva tahdididan xoli Ukraina va Yevropadir", — dedi Ukraina yetakchisi.

Kiritildi: 10:15 16.07.2026. O'qildi: 1886 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!