Uning ta’kidlashicha, bu holat tarixdagi Berlin taqdiriga o‘xshab ketishi mumkin ya’ni yarim vayron bo‘lgan shaharlar qolib ketadi.
"Men Trampga ochiq-oydin aytdim: “Biz Berlinni xohlaymizmi? Biz ko‘plab shunday bo‘sh va vayrona shaharlarni xohlaymizmi?”, – deya izoh berdi Zelenskiy.
U shuningdek, yaqin haftalar ichida to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish ehtimoli haqida aniq javob berishdan tiyildi. Prezidentning fikricha, vaziyat Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan muzokaralarga o‘xshash tarzda rivojlanishi mumkin. O‘shanda dastlab havo va dengizda "sukunat" masalasi muhokama qilingan, keyin esa bu to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish muhokamasiga aylanib ketgan edi.
"Balki bu safar ham shunday bo‘lishi mumkin, lekin men hozir bunga aniq javob bera olmayman", – dedi u.
Zelenskiy shuningdek, Tramp Kiyevnt Ukrainaning rus qo‘shinlari tomonidan bosib olingan hududlarini “Rossiyaga tegishli” deya tan olishga majburlamasligini aytdi.
"Tramp biz ruslar tomonidan bosib olingan hududlarimizni “Rossiyaniki” deb tan olmasligimizni tushunadi", — deya izoh berdi Ukraina yetakchisi.