"Xitoyning 155 nafar fuqarosi Ukraina hududida bizga qarshi urushmoqda. “Xitoy masalasi” juda jiddiy. Bizda ularning familiyalari, pasport ma’lumotlari bor, Ma’lumot to‘playapmiz, ularning soni bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin", — deya Zelenskiyning so‘zlarini keltiradi UNIAN axborot agentligi.
Prezidentning aytishicha, Rossiya xitoyliklarni o‘z armiyasiga qanday yo‘llar bilan yollayotgani ham ma’lum.
"Yollashning yo‘llaridan biri — TikTok va boshqa turdagi ijtimoiy tarmoqlar orqali bo‘lib, ruslar ularda maxsus reklamalar tarqatmoqda. Rasmiy Pekin bu haqida biladi. Rossiyaliklar Xitoy tarmoqlarida urushga yollash haqidagi videolarni oshkora ravishda tarqatmoqda. Balki yashirin shaklda yollash ham bordir", — dedi Ukraina yetakchisi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, yollangan xitoyliklar Moskvaga yetib kelgach, 3-4 kunlik tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, so‘ngra 1-2 oylik o‘quv markazlariga yuboriladi.
"Xitoyliklar Ukraina hududida jang qilmoqda. Ular migrasion kartochka, shuningdek, pul o‘tkazmalar uchun “Mir” to‘lov tizimi kartasini olishadi va unga mos ravishda pul tushadi", — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.