Bugun 20 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

“Energetik mustaqillik” yo‘lida yana bir qadam qo‘ydik"

“Energetik mustaqillik” yo‘lida yana bir qadam qo‘ydik"

Chexiya hukumati mamlakat Rossiyaning neft yetkazib berishidan to‘liq mustaqil bo‘lganini e’lon qildi.

"Chexiya endi Italiyaning Triyest portini Markaziy Yevropa davlatlari bilan bog‘laydigan Trans Alp quvuri (TAL) orqali ko‘proq neft olishni boshladi. Endilikda Chexiya G‘arb neft quvurlari orqali yiliga sakkiz million tonnagacha neft olishi mumkin, bu esa mamlakatdagi neftni qayta ishlash zavodlarining butun ehtiyojini to‘liq qoplaydi. “Energetik mustaqillik” yo‘lida yana bir qadam qo‘ydik" — deya ma’lum qildi Chexiya bosh vaziri Petr Fiala.

Bungacha Chexiya nafaqat TAL quvuri orqali, balki Rossiyaning “Drujba” neft quvuri orqali ham neft olardi. Ushbu quvur orqali 1962 yildan boshlab Rossiya nefti yetkazib berilgan.

2024 yilda Chexiya “Drujba” orqali 2,7 million tonna neft olgan, bu esa mamlakatga jami yetkazilgan neftning 42 foizini tashkil etgan. So‘nggi haftalarda “Drujba” orqali Chexiyaga neft yetkazish to‘xtatilgan. Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan so‘ng, Chexiya hukumati Rossiya neftidan voz kechish maqsadida TAL quvurining imkoniyatlarini kengaytirishga qaror qilgandi.

Kiritildi: 00:29 19.04.2025. O'qildi: 807 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!