Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Ukraina prezidenti Istanbuldagi muzokaralarda ishtirok etadigan Rossiya delegasiyasi tarkibini "soxta" deb atadi

Ukraina prezidenti Istanbuldagi muzokaralarda ishtirok etadigan Rossiya delegasiyasi tarkibini "soxta" deb atadi

Zelenskiyning fikricha, muzokaralarga kelgan Rossiya delegasiyasi qarorlar qabul qilish vakolatiga ega emas.

"Rossiyada kim qaror qabul qilishini yaxshi bilamiz”, — dedi Ukraina rahbari.

U, shuningdek, Erdo‘g‘an bilan uchrashuvdan so‘ng, Ukrainaning muzokaralardagi ishtiroki borasida qaror qabul qilishini aytdi.

"Bizning delegasiyamiz eng yuqori darajali tarkibga ega. Muzokaralarda Ukraina tashqi ishlar vazirligi, mening idoram, harbiylar, barcha razvedka xizmatlarimiz vakillari ishtirok etishi mumkin. Bundan aynan kutilayotgan adolatli tinchlik uchun istalgan qarorni qabul qila olish maqsadi ko‘zlangan”, — dedi prezident.

Kiritildi: 15:12 15.05.2025. O'qildi: 727 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!