Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Ukraina Ozarbayjondan gaz sotib olmoqchi

Ukraina Ozarbayjondan gaz sotib olmoqchi

Ukraina tarixda birinchi marta Ozarbayjondan gaz xarid qildi. Bu haqda mamlakatning “Naftogaz” kompaniyasi rahbari Serhiy Koreskiyga asoslanib, “Vedomosti” xabar berdi.

Koreskiyning aytishicha, gaz yetkazib berish SOCAR Energy Ukraine kompaniyasi bilan tuzilgan kelishuv asosida amalga oshirilgan. Ozarbayjon gazining Ukrainaga yetkazilishi Trans—Balkan yo‘lagi orqali — Bolgariya va Ruminiya hududlaridan o‘tib amalga oshiriladi.

“Bu hajm jihatdan kichik bo‘lsa-da, strategik ahamiyatga ega ilk qadam bo‘lib, uzoq muddatli hamkorlik uchun yo‘l ochadi”, degan Koreskiy Facebook’dagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, 2024 yil 1 yanvardan boshlab Ukraina Rossiya gazining Yevropaga tranzitini to‘xtatgan va “Gazprom” bilan shartnomani uzaytirishni rad etgandi. Bu esa mamlakat ichida gazga bo‘lgan ehtiyojni oshirib yuborgan.

Eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina yer osti gaz omborlarida taxminan 6,0–6,6 milliard kubometr gaz zaxiralagan. Bu zaxiralar umumiy sig‘imning atigi 19–19,4 foizini tashkil etadi — ushbu raqamlar so‘nggi 11 yil ichidagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

Kiritildi: 18:50 28.07.2025. O'qildi: 642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!